P4P reytingi yangilandi. Ahmadaliyev nechanchi pog‘onada?

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 dekabr kuni vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschilar reytingi (P4P) yangilandi. Unga ko‘ra WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi o‘zbekistonlik  Murodjon Ahmadaliyev (10-0) 45-pog‘onada qayd etilgan. 

Reytingni supero‘rta vazn toifasi mutlaq chempioni Saul Alvares (57-1) boshqarib bormoqda. Superog‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik (19-0) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, “Lo‘lilar qiroli” Fyuri (31-0) esa kuchli uchlikka yakun yasab bergan. 

Keyingi pog‘onalardan Naoya Inue (22-0), Errol Spens (27-0), Terens Krouford (38-0) o‘rin olgan.

Ukrainalik Vasiliy Lomachenko (16-2) ganalik Richard Kommini mag‘lub etganidan so‘ng, yettinchi o‘rnga ko‘tarilgan. Shuningdek, kuchli o‘nlikda Josh Teylor (18-0), Xuan Estrada (42-3) va Jorj Kambosos (20-0) nomlari ham keltirilgan. 

Ayollar o‘rtasida reytingni irlandiyalik Olimpiada va Jahon chempioni, WBA, WBC, IBF, WBO va “The Ring” yo‘nalishlari chempioni Keti Teylor boshqarib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu reytingdan sobiq chempionlar ham o‘rin olgan. Shu sababli kamarlarga egalik qilmaydigan charm qo‘lqop ustalari ham yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA WBC IBF WBO Aleksandr Usik Prof boks Saul' Al'vares P4P

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing