Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft quvuri qaysi mablag‘ va qanday shart evaziga o‘tkaziladi?

Olam

image

Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi yakunlangach Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft quvuri o‘tkaziladi. Qozog‘iston Energetika vitse-vaziri Bolat Akchulakov Senatning Iqtisodiy siyosat, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik qo‘mitasi yig‘ilishida neft quvuri qaysi mablag‘ evaziga va qanday shartlar asosida qurilishini ma’lum qildi. Bu haqda "Kazinform" xabar berdi.

“Agar Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilsa, biz O‘zbekistonga 5 mln tonna neft yetkazib berish imkoniyatiga ega quvur o‘tkazamiz. Loyihaning ishchi nomi “Chimkent-Jizzax” bo‘ladi”, degan Bolat Akchulakov deputatning savoliga javob berib.

Vitse-vazir mazkur masala yuzasidan hozirgacha hech qanday loyihaviy ishlar o‘tkazilmaganini qo‘shimcha qilgan.

“Biz faqatgina texnik muzokara o‘tkazdik va O‘zbekistonda Jizzaxdagi zavodning qurilishi yuzasidan yakuniy qarorni kutyapmiz. Ushbu neft quvuri jalb qilingan qarz mablag‘lari hisobiga quriladi. Ularning qaytarilishi uchun o‘zbek tomonga qo‘yiladigan shartlardan biri “yukla va to‘la” tamoyili bo‘ladi. Ya’ni, ular hatto bizdan neft sotib olmasa ham qarzni qaytarish uchun belgilangan tarifni to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu klassik yo‘l, ular bunga rozi. Shunchaki ular hanuzgacha neftni qayta ishlash zavodini qurish bo‘yicha qaror qabul qilmadi”, deb izohlagan Bolat Akchulakov.

Avvalroq, O‘zbekiston yiliga 5 mln tonna, jumladan, Rossiyadan 3 mln tonna, Qozog‘istondan 2 mln tonna neft sotib olishdan manfaatdor ekanini haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston neft' zavod

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing