Qozog‘istondagi qabristonda o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
Olam
−
11 fevral 2019
16827Qozog‘iston Atirau shahri Juldiz-2 mkrda joylashgan qabriston hududida ayol kishining jasadi topildi. Ma’lum qilinishicha, ayolning ko‘krak qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan.
Atirau viloyati ichki ishlar departamenti boshlig‘i Ayan Duysembayev mikrorayonlardan birida ayol kishining jasadi topilganinini ochiqlagan, deb yozmoqda “Sputnik Qozog‘iston”.
Ayan Duysembayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
“Qotillikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Tergov sababli boshqa ma’lumot oshkor etilmayapti”, deydi Duysenbayev.
Hokimiyat vakillari bilan aholi bilan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi shaxslardan birining so‘zlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgandan keyin aholi ko‘chaga chiqishga ko‘rqib qolgan.
Ma’lumot o‘rnida, ayolning jasadi joriy yilning 26 yanvar kuni qabriston hududidan ko‘rpaga o‘ralgan holatda topilgan.
LiveBarchasi