“Ozodlik vaqti keldi”. Tramp eronliklarga murojaat qildi
Olam
−
28 fevral 3755 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi. U o‘z bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ag‘darishga chaqirdi.
“Bu, ehtimol, bir necha avlodlar uchun yagona imkoniyatdir. Ozodligingiz vaqti yaqinlashmoqda”, degan Oq uy yetakchisi.
Tramp Eron harbiy xizmatchilariga taslim bo‘lishni va buning evaziga “immunitet” olishni taklif qildi yoki “muqarrar o‘lim”ni tanlashlari mumkinligini aytdi.
AQSH rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari Eron hududiga dengizdan va havodan zarbalar bermoqda. Kamida yetti shaharda portlashlar kuzatilgani aytilmoqda, jumladan Isfahon shahrida ham. Ushbu shaharda yadroviy ob’ekt joylashgan.
Vaziyat bo‘yicha rasmiy Tehronning munosabati hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qilish uchun amalga oshirilayotganini aytgandi.
Live
Barchasi