“Ozodlik” Qozog‘iston TIVni sudga bermoqchi
Olam
−
12 iyul 3786 2 daqiqa
“Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” (RFE/RL) 7 nafar jurnalistni akkreditatsiyadan o‘tkazmagani uchun Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirdigini sudga bermoqchi. Bu haqda “Pravoy media-sentr” rahbari Gulmira Birjonova xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ozodlik” radiosi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga 7 nafar jurnalistni akkreditatsiyadan o‘tazishini so‘rab ariza bergan. Vazirlik hech qanday sabab ko‘rsatmasdan ruxsatnooma berishni rad etgan.
“Bu mutlaqo bema’nilik. TIV javobni kechiktirish va muddatni uzaytirish uchun aniq sabablarni keltirmaslik orqali jurnalistlarning konstitutsiyaviy huquqlarini va qonunning qayd etilgan normasini cheklash uchun sharoit yaratdi”, deydi Birjonova.
Gulmira Birjonova 2024 yilda xorijiy OAVlar uchun qabul qilingan “Akkreditatsiyaning namunaviy qoidalari”ga ko‘ra jurnalistlarga ruxsatnoma berish vakolati TIVga berilishi xalqaro standartlarga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlaydi.
“Xalqaro standartlarga ko‘ra, akkreditatsiya tartibi jurnalistning ishlashiga yo‘l qo‘ymasligi yoki taqiqlamasligi kerak”, deydi “Pravoy media-sentr” rahbari.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov murojaatga izoh berishdan bosh tortgan hamda sud da’vo qo‘zg‘atishini kutishni taklif qilgan.
Qayd etish joiz, 2024 yilda to‘qqiz nafar qozog‘istonlik jurnalist yangi qabul qilingan “Akkreditatsiyaning namunaviy qoidalari” uchun Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligini sudga bergandi. Ostona sudi mazkur da’voni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQSH Global ommaviy axborot vositalari agentligi (USAGM) “Ozodlik”ni moliyalashtirishni to‘xtatgan edi. Shundan keyin Yevropa Ittifoqi (YeI) “Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” (RFE/RL) faoliyatini davom ettirish uchun 5,5 million yevro ajratishini ma’lum qildi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi