Ozoda Sobirjonova bronza medal uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
10 avgust
2485Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining ayollar o‘rtasidagi taekvondo bahslarida 67 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ozoda Sobirjonova bronza medal uchun bahsda Belgiya vakili Sara Chaariga qarshi dayanga chiqdi. Ammo u raqibini mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Sobirjonova 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 5-o‘rin bilan kifoyalandi.
Erkaklar o‘rtasidagi taekvondo bahslarida -68 kg vazn finalida Ulug‘bek Rashidov iordaniyalik Zayid Karimga qarshi dayanga chiqib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan 22 yoshli o‘zbekistonlik taekvondochi O‘zbekiston delegatsiyasiga Parij Olimpiadasida yana bir oltin medalni keltirdi.