Ozoda Nursaidovaning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Madaniyat-san’at
−
10 fevral 2019
79873Avvalroq, taniqli xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastligi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Bu xabar yashin tezligida butun respublika bo‘ylab tarqaldi.
Ozoda Nursaidovaning singlisi Nilufar videomurojaatda opasiga nisbatan yetkazilgan zarar, tahdid sabab u yurak xastaligiga chalinib, shifoxonaga tushganini aytgandi. Nilufar Nursaidova ijtimoiy tarmoqlar orqali opasining ahvoli haqida ma’lumot berdi.
"Kechadan buyon telefon tinmayapti, duolaringiz, opamga yozgan tilaklaringizni yetkazdim. Aslida opam nima sabab shifoxonaga tushganlarini ochiqlashni va’da qilgan edim. Lekin, opam buni istamadi. Yaratgan kuch-quvvat bersa bu kunlardan ham o‘taman, deb aytdilar", deydi Ozodaning singlisi.
Uning ma’lum qilishicha, xonandaning ahvoli ayni damda ancha yaxshi. U to‘y xizmatiga va’da qilib qo‘ygani uchun, oyoqqa turib, to‘yga ketgan. Bundan chiqdi xavotirga o‘rin yo‘q.
Qolaversa, Nursaidova jonli ijroda kuylaydigan xonandalardan sanaladi. Jonli ijroda esa kishi yuragiga bir necha barobar ortiqcha yuk tushadi. Demak, Ozodaning yuragiga hech narsa xavf solmayapti, hatto, jonli ijro ham.
Ma’lumot o‘rnida, Ozoda Nursaidova 13 yildirki mamlakatda norasmiy "zapret"da. Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov kabi xonandalar qatorida uzoq yillar taqiqda bo‘lgan Ozodaga hali hanuz tv va radiolar eshiklari ochilganicha yo‘q. U bugun mamlakatda "zapret"da qolayotgan yagona san’atkor hisoblanadi.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda QAlAMPIR.UZ nomidan Ozoda Nursaidova haqida tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni, QALAMPIR.UZ’ga oid har qanday xabar saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali tarqatilishini eslatib o‘tamiz.
LiveBarchasi