Ozoda Nursaidova og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
21 yanvar 2023
72232O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning otasi vafot etdi. Bu haqda xonanda o‘z Instagram sahifasida otasining suratini joylashtirib, ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xonandaning otasi Parpi Nursaidov joriy yilning 20 yanvar kuni vafot etgan. Ammo Ozoda Nursaidovaning shaxsan o‘zi bu haqda batafsil ma’lumot bildirmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ozoda Nursaidova QALAMPIR.UZ’ning “Jim turing” loyihasiga bergan intervyusida “zapret”da bo‘lgan davrlarida uni O‘zbekistonda faqat onasi ushlab turganini alohida urg‘ulagan edi.
Ma’lumot uchun, xonanda Ozoda Nursaidova O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida ko‘plab san’atkorlar qatorida “zapret”ga tushganlardan biri bo‘lgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, u eng ko‘p taqiqda bo‘lgan xonanda edi. Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik davriga kelib, Ozoda Nursaidovaga ham 14 yil avval qo‘yilgan kishanlar olib tashlangani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr