Ozoda Nursaidova og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning onasi vafot etdi. Bu haqda xonanda o‘z Instagram sahifasida onasining suratini joylashtirib, ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xonandaning onasi bugun, 14 avgust kuni vafot etgan. Ammo Ozoda Nursaidovaning shaxsan o‘zi bu haqda batafsil ma’lumot bermagan.

Avvalroq, joriy yilning 20 yanvar kuni Ozoda Nursaidovaning otasi vafot etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Ozoda Nursaidova O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida ko‘plab san’atkorlar qatorida “zapret”ga tushganlardan biri bo‘lgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, u eng ko‘p taqiqda bo‘lgan xonanda edi. Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik davriga kelib, Ozoda Nursaidovaga ham 14 yil avval qo‘yilgan kishanlar olib tashlandi.  Ozoda Nursaidova QALAMPIR.UZ’ning “Jim turing” loyihasiga bergan intervyusida “zapret”da bo‘lgan davrlarida uni O‘zbekistonda faqat onasi ushlab turganini alohida urg‘ulagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozoda Nursaidova judolik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing