Ozoda Nursaidova birdaniga 3 operatsiyani boshdan kechirdi (video)
Madaniyat-san’at
−
07 noyabr 2023
62843Ozoda Nursaidova 5 noyabr kuni 3 ta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi. Xonanda bu haqda o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, unda birdaniga o‘t-pufak, oshqozon yarasi va churra kasalliklari qo‘zg‘agan va zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Avval ham (kasal) bo‘lganman. 8 yil oldin. O‘sha yana qaytaladi. Yaxshi tikilmagan ekan. Kasallik birdan qo‘zg‘ab qoldi. Bir kunda hech qanday hozirliksiz tezda operatsiya qilishdi”, deydi qo‘shiqchi.
Bildirilishicha, hozirda xonandaning ahvoli ancha yaxshi va uyiga javob berilgan.
Ma’lumot uchun, Ozoda Nursaidova o‘zbek estrada san’atining taniqli vakilasi hisoblanadi. U 1974 yilda Toshkent viloyatining To‘ytepa (hozirgi Nurafshon) shahrida dunyoga kelgan. 1999 yilda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan. “Yor-yor”, “Sen bo‘lmasang boshqasi” kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan. 2021 yilda esa “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Ummon" guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyev nafas olishga yordam beruvchi trubani olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirgandi.
LiveBarchasi