Özbekistonda “bokiralik kapsulalari” uçun jinoiy javobgarlik belgilanadimi?

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda bokiralik kapsulasini sotiş, yetkazib beriş va unga buyurtma beriş, bokiralikni jarrohlik yöli bilan tiklab berganlik uçun fuqarolarga va şifokorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanişi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda bokiralik kapsulasini sotiş, yetkazib beriş va unga buyurtma beriş, bokiralikni jarrohlik yöli bilan tiklab berganlik uçun fuqarolarga va şifokorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanişi, bunday holatlar haqida xabar bergan şaxslar davlat tomonidan moliyaviy rağbatlantirilişi hamda uşbu masala Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ilgari surilgani aytiladi.

Rasmiy munosabatda bildirilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida yuqorida bayon etilgan mazmundagi qonun loyihasi mavjud emas, körib çiqiş uçun ham kiritilmagan va muhokama ham qilinmayapti.

“Şu munosabat bilan, bu kabi asossiz, yolğon va tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni, axborotni ulaşişdan avval uning haqqoniyligini rasmiy manbalar orqali tekşiriş lozimligini eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining faoliyatiga oid rasmiy ma’lumotlar va qonunçilik taşabbuslari töğrisidagi axborotlarni faqat palataning rasmiy axborot manbalari orqali kuzatib boriş tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing