O‘zbekistonning 2,76 mingdan ziyod maktablari ishlaydigan kompyuter bilan ta’minlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida 2859 ta o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi.

Joriy yilning 7 iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi Prezidenti Yu Yeng Park o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi. 2019 yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi Umumta'lim maktabi

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing