Oziq-ovqat zaxirasini yaratish - har bir hokimning asosiy vazifasi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholi uchun yetarli oziq-ovqat zaxirasini yaratish hokimlarning asosiy vazifasi etib belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z borgan.

“Eng og‘ir va eng murakkab narsa - qanday qilib har bir viloyat va shahar, har bir tuman hokimi o‘z xalqini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi mumkin? Oldin yer, pul, suv yo‘q edi, hozir yer ham, pul ham, suv ham bor. Go‘sht, tuxum, parranda, sabzi, piyoz qancha kerak? Kelgusi yil... shu yil yakunigacha, bemalol mana shu pishiqchilikkacha oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetishtirib, odamlarni rozi qilib, har bir viloyat hokimi har kuni bu to‘g‘risida o‘ylashi kerak”, degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etayotgani, ushbu hududlarda intensiv baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mamlakatda baliq yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga soliq, moliya imtiyozlari berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing