Arqadag‘ o‘g‘lini yangi vazirlikka rahbar qildi

Olam

image
Arqadag‘dan mulozimlarni mazah qiluvchi yangi qaror north_east

Arqadag‘dan mulozimlarni mazah qiluvchi yangi qaror

Kecha, 7 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z farmoni bilan o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni yangi tashkil etilgan sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligiga rahbar etib tayinladi.

Berdimuhamedov o‘z farmoni bilan Turkmaniston sanoat va kommunikatsiyalar va uning agentligi Turkmensenagat’ni tugatib, ular negizida sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, Sardor bu vaqtgacha mamlakatdagi eng muhim hudud Axal viloyatini boshqarayotgandi. U bu lavozimga 2019 yil iyun oyida tayinlangandi. Viloyat hokimi bo‘lganida u huddi otasinikidek kortejda harakatlanishi va qo‘l ostidagilarga "bo‘yningni uzaman" deyishni yaxshi ko‘irishi ma’lum bo‘lgandi.

Sardor shu vaqtgacha viloyat hokimi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Sardor Berdimuhamedov

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing