Arqadag‘dan mulozimlarni mazah qiluvchi yangi qaror
Olam
−
06 fevral 2020
25172Turkmanistonning Labop regionida 40 yoshdan katta erkak amaldorlar endilikda oq soch bilan yurishi majburiy etib belgilandi. Shu tariqa amaldorlarning tashqi ko‘rinishi Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovdek bo‘lishi kerak.
Ta’kidlanishicha, amaldolarga, maktab va shifoxonalar xodimlariga sochini bo‘yash taqiqlanadi. Sochining o‘z rangi qolgan amaldorlar uni oqqa bo‘yyashi kerak. Qachonki Prezident hududga kelganda uni faqatgina oq sochli amaldorlar kutib olishi lozim.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonda mashinalar va binolar ham oq rangda bo‘lishi qa’tiy belgilab qo‘yilgan. 2019 yilda Turkmanistonda byudjet tashkilotlari Arqadag‘ning oq sochdagi portretini sotib olishga majburlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov o‘tgan yili o‘ldiga chiqarilganidan keyin bo‘yalmagan oq sochlar bilan OAVda ko‘rinish bergandi.
LiveBarchasi