Olmazorda ikki qo‘shnining uyi yonib ketdi
Jamiyat
−
04 noyabr 2019
4312Bugun, 4 noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida ikki xonadon yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Soat 14:18 da Toshkent shahar Olmazor tumani, “Chig‘atoy Oqtepa” mahallasi, Zarbdor 6-tor ko‘chasidagi 3 va 5-uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar tushgan.
Xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 9 daqiqada yetib borgan vaqtida uylarning asosiy tom qurilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:54 da yong‘in qurshab olinib, soat 15:14 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida 3 va 5-uylarning 200 kv metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan uylarning 800 kv metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi 5-uyning elektr simlaridagi qisqa tutashuv ekani aytilmoqda.
Yong‘inni qo‘shni binolariga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi, yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi va tom qismlarida yonuvchi mahsulotlarni saqlanishi sabab bo‘lgan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi