Xitoydagi o‘rmon yong‘inlarida 19 kishi vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 31 mart kuni boshlangan Xitoyning janubiy-g‘arbiy qismidagi o‘rmon yong‘ini bugunga kelib katta hududni qamrab oldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu yong‘inlarni o‘chirish paytida 19 nafar odam halok bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 2800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi hali ham Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sichang shahri yaqinidagi o‘rmon yong‘inini o‘chirishga harakat qilmoqda. Hozirda shahar atrofidagi o‘rmoning katta qismi olov ichida qolgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni shaharga yaqinlashtirmaslikka harakat qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘t o‘chiruvchilarning uchta guruhi o‘rmon yong‘inlariga qarshi uch hududda kurashmoqda. Shahar hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan joriy yilning 31 mart kuni boshlangan va kuchli shamol tufayli tezda tog‘lardagi katta o‘rmonlarga tarqalib ketgan.

Malumotlarga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurashda 19 kishi halok bo‘ldi, ulardan 18 nafari o‘t o‘chiruvchi va ularga yo‘l ko‘rsatgan bir nafar  kishi. Ular shamol yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi oqibatida olov xalqasiga tushib qolishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Xitoy

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing