Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Jamiyat
−
10:19 396 1 daqiqa
Kecha, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “CAMCE”, “China Energy” va “Sinoma Energy” rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, chiqindini qayta ishlash va suv ta’minoti sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Xitoy kompaniyalarining Andijon viloyatida logistika xabini tashkil etish, agrovoltaikani rivojlantirish hamda neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr