Toshkentda 81 ta daraxt uchun 3 hissa tovon puli undirildi

Jamiyat

image
Dildora Islomova Toshkentdagi qurilishlar haqida: “Men shahrimizga achinaman” north_east

Dildora Islomova Toshkentdagi qurilishlar haqida: “Men shahrimizga achinaman”

Avvalroq, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tadbirkor tomonidan 81 ta ko‘p yillik daraxt keilgani haqida xabar bergan edik. daraxtlarning kesilishi ko‘pchilikning noroziligini keltirib chiqardi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi ma’lumot berib, ayblanuvchilardan zarar undirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida joylashgan 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oralig‘idagi maydonda mavjud ko‘p yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018 yil 18 apreldagi 608-sonli qaroriga asosan, “Building And Supplies” MCHJga “Yunus Rajabiy” mahallasi 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oralig‘ida 0,5 gektar yer maydoni ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

Ushbu qaror shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgani uchun shahar prokurori tomonidan 2018 yil 4 iyulda protest keltirilgan.

Shahar hokimining 2018 yil 17 iyuldagi 1053-sonli qaroriga ko‘ra, protest qanoatlantirilgan va 608-sonli qaror bekor qilingan.

Bu holatdan norozi bo‘lgan “Building And Supplies” MCHJ hududiy ma’muriy sudga ariza bergan va Bektemir tumani ma’muriy sudining 2018 yil 12 noyabrdagi qarori bilan shahar hokimining 1053-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.

“Yunus Rajabiy” mahallasida yashovchi aholining shahar hokimining 608-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi Chilonzor tumani ma’muriy sudiga kiritgan arizasi, sud tomonidan 2019 yil 11 dekabrda rad qilingan. Ushbu sud qarori 2020 yil 27 yanvarda Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan va o‘zgarishsiz qoldirilgan.

“Building And Supplies” MCHJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 ta daraxtlar qonunga zid ravishda kesilganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil 22 fevralda Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 198-moddasi 2-qismi bilan Yakkasaroy tumani hokimligi va “Building And Supplies” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi. 

Dastlabki tergovda 2 nafar ayblanuvchilardan 1 mlrd 891,3 mln so‘m moddiy zarar undirildi va ularga garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

“Yunus Rajabiy” mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib “Lipa”, “Beryoza”, “Kashtan” va “Pavloniya” daraxtlari ekilishi tashkil qilindi.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt Yakkasaroy

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing