Koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni ortdi
Jamiyat
−
16 may 2020
13162Bugun, 16 may kuni Xorazm viloyatida navbatdagi 18 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan, 2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 1 nafardan esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan.Ulardan 13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.
Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha koronavirus yuqtirganlar soni 2719 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 11 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi