Qibraydagi bog‘chada norasidalarning nasibasi qiyib kelingan
Jamiyat
−
21 noyabr 2019
5460Toshkent viloyati Qibray tumanida maktabgacha ta’lim muassasasida norasidalarning haqqiga hiyonat qilib kelingani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining xo‘jalik mudirasi G.R. tomonidan 2018-2019 yillarda jami 180,4 mln so‘mlik go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo‘jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi