YeXHT Mirziyoyevning qarorini qarsak chalib kutib oldi

Jamiyat

image

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalair bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish haqidagi topshirig‘ini olqishlab chiqdi.

YeXHT vakili Twitter`dagi sahifasida shunday deydi:

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish haqidagi qarorini olqishlayman. Bu OAV erkinligi va rivoji uchun yangi qadamdir. 

Biz media erkinlikni ta’minlashga oid qonunchilik islohotlarini diqqat bilan kuzatib boramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Avvalroq, AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi Shavkat Mirziyoyevning “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini samimiy qarshi olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev EXHT Arlem Dezir

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing