Rossiyadan 927 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
6069Avvalroq, Rossiyadan 900 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi poyezdda olib kelinishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 27 avgust kuni 927 nafar fuqaro chiqqan poyezd Namanganga ketib keldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu poyezd joriy yilning 23 avgust kuni Rostov-Don shahrining “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.
LiveBarchasi