Termizda soxta diplom rasmiylashtirayotgan kollej direktorining muovini ushlandi
O‘zbekiston
−
11 Iyun 2020 8156 2 daqiqa
Termiz bank kolleji direktori o‘rinbosari Muzrabot ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejini bitirganlik to‘g‘risida soxta diplom rasmiylashtirib berishga uringan paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, 2019-2020 o‘quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga diplomlarni topshirish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilingan.
Buyruq bilan, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda kasb-hunar kollejlarida diplom blanka (ilova)larini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, topshirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha javobgar shaxslar belgilangan.
Shuningdek, kasb-hunar kollejlarining 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilinganligi, 2- va 3-bosqichga o‘tganliklari to‘g‘risidagi buyruqlari asosida bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
"Mazkur ma’lumotlar bazasiga tegishli muddatda kasb-hunar kollejida ta’lim olmagan o‘quvchilarni kiritishning imkoni yo‘q!", deyilgan vazirlik xabarida.
Joriy yilda shaxsga tegishli diplomning xaqiqiyligi ushbu ma’lumotlar bazasi yordamida tekshiriladi.
Kasb-hunar kollejlarida Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga amaldagi qonun xujjatlari asosida davlat namunasidagi diplom rasmiylashtiriladi.
“Shunday ekan, hamyurtlarmizdan jinoiy ishlarga aralashib qolmaslikni va ta’lim olmagan kasb-hunar kollejlaridan soxta diplom olib beraman degan shaxslarga ishonib qolmaslikni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr