“Vatan xoini” tamg‘asini olganlar nega kechirildi? So‘z sizga, Ortiqova

Jamiyat

image
Davlat tomonidan vaqtida ish o‘rinlari yaratilmadi – Ortiqova north_east

Davlat tomonidan vaqtida ish o‘rinlari yaratilmadi – Ortiqova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagandi. Ushbu farmon bo‘yicha 92 nafar shaxs afv qilindi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ushbu farmonga to‘xtalib o‘tdi. 

“Ulardan 79 nafari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar edi. Ya’ni afv etilganlardan 60-70 foizi jinoyat kodeksining jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish va shu kabi moddalar doirasida qilmishni sodir etgan insonlar bo‘lgan.

Men ular bilan bevosita suhbatlashdim. Ularning ko‘pi taqiqlangan material, varaq, disk saqlagan, vataniga xoin bo‘lmagan, lekin o‘sha vaqtdagi qonunchilikdagi og‘ir sanksiyalar tufayli uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bo‘lgan. Prezidentimiz ko‘proq shunday insonlarga afv berishni topshiriq qilib berdilar. Qilmishidan qattiq afsusda ekani va boshqa holatlar o‘rganildi. Ularga Prezident tomonidan imkon berildi.

Hozir ham mazkur komissiya to‘xtovsiz ishlaydi. Tegishli tartibda murojaat qilinsa, biz ko‘rib chiqamiz. Faqat aynan shunday shaxsning o‘zi murojaat qilishi kerak. Uning yaqini yoki boshqa tanishi emas”, deydi Bosh prokuror o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing