Toshkent IIBB abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 2 sentyabrdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Shu sababdan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi.

Boshqarma test topshiruvchilardan belgilangan joyga imtihon boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishni so‘ragan.

“Kirish imtihonlari kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda o‘tkazish uchun imtihon boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishingizni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, birinchi smenadagilarning imtihoni soat 7:30 da boshlanadi, demak abituriyentlar soat 6:00 dan ro‘yxatdan o‘tishni boshlashlari mumkin”, deyiladi IIBB xabarida.

Ta’kidlanishicha, Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga beriladigan bir martalik tibbiy niqoblar va qo‘lqoplardan foydalanish majburiy. Shuningdek, ijtimoiy masofa saqlash qoidasini ham unutmaslik kerak, oraliq masofa uch metrdan kam bo‘lmasligi zarur.

“Amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilish bizga koronavirus infeksiyasini nazorat ostida saqlash, o‘zimizning va yaqinlarimizning sog‘lig‘ini asrash imkoniyatini beradi. Imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o‘tishingizni tilaymiz!”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, imtihonlarni ikki hafta davomida o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing