Putin va Lukashenko yaqin kunlarda uchrashadi – Lavrov

Olam

image
Rossiya Belarusdagi siyosiy g‘alayonlarga befarq qolmaydi – Putin north_east

Rossiya Belarusdagi siyosiy g‘alayonlarga befarq qolmaydi – Putin

Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko yaqin ikki hafta ichida Moskvada uchrashadilar. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan keng doiradagi uchrashuvni ochish jarayonida ma’lum qildi.

"Ikki mamlakat Prezidentlarining uchrashuvi yaqin ikki hafta ichida Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi", deydi u. 

Lavrov ta’kidlaganidek, bu uchrashuv Rossiya va Belarus Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi teng huquqli, o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun katta xizmat qiladi. 

Makey bir kunlik ish safari bilan Moskvada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko joriy yilning 25 avgust kuni Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakatdagi mavjud vaziyat haqida ma’lumot bergandi. Birgina avgust oyining oxirgi ikki haftasida Putin va Lukashenko 4 marotaba telefon suhbatini o‘tkazdilar. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 avgust kuni Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra, Lukashenko yana Prezident lavozimini egalladi. Buning ortidan mamlakat bo‘ylab Lukashenkoga qarshi namoyishlar boshlandi. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Putin Sergey Lavrov Aleksandr Lukashenk

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing