Rossiya Belarusdagi siyosiy g‘alayonlarga befarq qolmaydi – Putin
Olam
−
27 avgust 2020
8124“Rossiya Belorusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin sodir bo‘lgan siyosiy g‘alayonlarga befarq qolmaydi”. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. .
"Belarus bizga juda yaqin mamlakat", deydi Rossiya rahbari "Rossiya-24"ga bergan intervyusida.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya Belarusdagi vaziyatga nisbatan Yevropa va AQSHga qaraganda ancha cheklangan va betaraf harakat qiladi.
“Menimcha, Belarusdagi voqealarni har ikki tomondan haqiqatan ham ob’ektiv ravishda yoritmoqdamiz va ishonamizki, gap Belarus jamiyatining o‘zida, Belarus xalqida. Shunga qaramay, Moskva bu mamlakatda sodir bo‘layotgan narsalarga befarq qarab turolmaydi. Belarus biz uchun juda yaqin, hatto, eng yaqin mamlakat”, deydi Putin.
Davlat rahbari, shuningdek, Belarusdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyatda huquqni muhofaza qilish idoralari o‘zini tutib turishi kerakligini urg‘uladi.
Shu bilan birga, Prezident hokimiyat ko‘chaga chiqqan odamlar bilan hisoblashishi va sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirishi kerakligini ta’kidladi.
Putin Belarusdagi qarama-qarshilikning barcha tomonlari haddan tashqari holatlardan qochish uchun yetarlicha sog‘lom fikrga ega bo‘lishlariga umid bildirdi.
"Biz bugun Belarusda yuz berayotgan barcha mavjud muammolar tinch yo‘l bilan hal etiladi degan asosdan kelib chiqamiz", deydi Putin.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, "agar biror joyda kimdir: davlat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari yoki norozilik aksiyalarida qatnashadiganlar tomonidan, agar ular amaldagi qonundan tashqariga chiqsa, qonunda qarab munosabat ko‘rsatiladi”.
Davlat rahbari Belarusda vaziyat yaxshilanayotganini ta’kidladi va qo‘shni mamlakatda yuzaga keladigan muammolarni konstitutsiyaviy soha doirasida, qonunlar doirasida va tinch yo‘llar bilan hal qilinishiga umid bildirdi.
LiveBarchasi