Putinning qizi Zelenskiydan öğilli böldi – OAV

Olam

−

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kenja qizi Katerina Tixonova öğil farzand dunyoga keltirdi. Unga Adrian ismi qöyildi. U Rossiya Prezidentining törtinçi nabirasi bölişi mumkin. Bu haqda FHDYOning sizib çiqqan yozuvlariga tayanib, “Agentstvo” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bolakay 2025 yil 15 avgust kuni Moskvada tuğilgan. Uning ehtimoliy otasi – Bavariya davlat baletining sobiq rahbari Igor Zelenskiy. Bolaga onasining familiyasi – Tixonov berilgan.

Sizib çiqqan hujjatlarga köra, Adrian Igoreviç Tixonov Prezident işlar boşqarmasining Markaziy klinik şifoxonasida tuğilgan. Unga tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma joriy yilning 10 iyul kuni berilgan. Naşrning taxmin qilişiça, deyarli bir yillik keçikiş Putin oilasining bola tuğilganini yaşiriş istagi bilan boğliq bölişi mumkin. Tixonova tuğruqdan oldin ommaviy tadbirlarda asosan masofaviy tarzda iştirok etgan. Tuğruqdan bir neça oy oldin u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida videoaloqa orqali nutq sözlagan.

“The Moscow Times”ning yozişiça, Katerina Tixonova 2017 yildan buyon Igor Zelenskiy bilan uçraşib yuradi. Öşanda Zelenskiy Myunxendagi Bavariya davlat baletiga rahbarlik qilgan. “Vajniye istorii”NING aniqlaşiça, ikki yil içida Tixonova Myunxenga 50 martadan ortiq uçgan, şuningdek, Zelenskiy bilan birga sayohat qilgan. 2017 yil dekabr oyida Tixonovaning Elza ismli qizi tuğilgan. “Proyekt”ning yozişiça, qizaloq tuğilganida otasining familiyasini olgan bölsa-da, xorijiy safarlar uçun onasining familiyasi yozilgan pasportdan foydalangan. Bunga qadar Katerina Putinning eski dösti va “Ozero” kooperativi böyiça hamkori Nikolay Şamalovning öğli, biznesmen Kirill Şamalov bilan nikohda bölgan. 
 
Putin avvalroq nabiralari haqida gapirgan. Xususan, 2017 yil iyun oyida u ikkinçi nabirasi tuğilganini ma’lum qilgan. Ikkala öğil bola ham uning tönğiç qizi Mariya Voronsovaning farzandlari. Roman 2012 yil avgust oyida niderlandiyalik tadbirkor Yorrit Faassendan, Andrey esa 2017 yil aprel oyida “Novatek” menejeri Yevgeniy Nagorniydan tuğilgan. 2025 yil iyun oyida Prezident ilk bor Pekindan kelgan tarbiyaçisi bor nabira qizi haqida sözlab bergan. Taxminlarga köra, u Elza haqida gapirgan.

Putinning sobiq gimnastikaçi Alina Kabayevadan bölgan farzandlari ham boşqa familiyalar ostida yaşaydi. “Dose” markazi ma’lumotlariga köra, ularning 2015 va 2019 yillarda tuğilgan Ivan va Vladimir ismli ikki öğli bor. Bolalar Spiridonov familiyasini olgan. Ehtimol, bu familiya Prezidentning bobosi Spiridon Putinning ismidan olingan. Putinning Svetlana Krivonogixdan bölgan taxminiy nikohsiz qizi Yelizaveta esa Rudnova familiyasini olgan bölib, ijtimoiy tarmoqlarda Luiza Rozova taxallusidan foydalangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing