Koronavirus qurbonlari soni 250 nafardan oshdi. O‘zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovni to‘xtatdi
Jamiyat
−
01 fevral 2020
10477O‘zbekiston koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni va ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashriflarni vaqtincha to‘xtatdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi shunday qaror qabul qilgan.
Shuningdek, Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun charter reyslar tashkil qilinishi belgilandi.
Komissiya Tashqi ishlar vazirligiga Xitoy tomonini O‘zbekiston ikki mamlakat o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovni vaqtincha to‘xtatgani haqida ogohlantirish vazifasi topshirildi.
Ma’lumot uchun, bugungacha Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalgan 2019-nCoV virusidan 259 nafar odam halok bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha ushbu virus bilan kasallanganlar 11943 nafarga yetdi. Virus yuqtirganlarning asosiy qismi – 11791 nafari Xitoyda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sabab Xitoydan va boshqa davlatlardan kelayotgan chet elliklarning mamlakatga kirishiga vaqtincha cheklov qo‘yish taklifini bildirgandi.
LiveBarchasi