Janubiy Amerikada koronavirus keng tarqalishiga Braziliya Prezidenti aybdor – Venesuela
Olam
−
02 may 2020
6098Venesuela rasmiylari qo‘shni mamlakatda epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lgani sababli Braziliya bilan chegaradosh va atrofdagi hududlarni nazorat qilishni jiddiy ravishda kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaziyat uchun javobgarlik Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda Venesuela Respublikasi Ijrochi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Twitterʼdagi sahifasida.
“Biz Braziliya bilan chegarada ekstremal sanitariya-epidemiologiya nazorati choralarini ko‘rishimiz kerak. Prezident Bolsonaroning koronavirus bilan bog‘liq befarq pozitsiyasi tufayli Janubiy Amerikadagi pandemiyaning markaziga aylangan. Bu odamlarni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi“, deb yozadi siyosatchi.
Venesuela hukumati joriy yilning 13 mart kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasining dastlabki ikkita holati haqida xabar berdi. 17 mart kuni Prezident Nikolas Maduro Respublika bo‘ylab karantin joriy etilganini e’lon qildi.
Bolsonaru bir necha bor koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq ravishda viloyat hokimiyati tomonidan karantin choralarini tanqid qilgan. Davlat rahbari cheklovlar mamlakat iqtisodiyoti uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi, ommaviy qirg‘in va ishsizlikning kuchayishiga olib keladi, deb ta’kidladi. Bugungi kunga qadar mamlakatda 78 mingdan ortiq kasallik va 5466 nafar o‘lim holati qayd etilgan.
Braziliya Sog‘liqni saqlash vaziri Nelson Teyshning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda o‘lim soni sezilarli darajada ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bir hafta oldin ushbu ko‘rsatkich bugungi kundagi ko‘rsatkichning deyarli yarmiga teng edi.
Avvalroq, Bolsonaru koronavirus xavfidan Prezidentni jiddiy ogohlantirgan mamlakatning Sog‘liqni saqlash vaziri Enrike Mandettani ishdan bo‘shatib yuborgandi. Keyinchalik u shtat gubernatorlarini cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan. Hozirda mamlakat bo‘ylab karantin joriy qilinmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq 92 202 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 38 039 nafari sog‘aygan, 6 412 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 47 751 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi