Boysunda YTH: Ikki kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
05 dekabr 2019 7649 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida ayanchli yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi K.O. o‘zining Isuzi rusumli yuk avtomashinasini Boysun tumanining “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1322-kilometrida haydab ketayotib boshqaruvni qo‘ldan chiqaradi. Natijada avtomashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa uriladi va ag‘dariladi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi K.O. va avtoulov yo‘lovchisi, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashagan E. S. jarohat olib, voqea joyida dunyodan ko‘z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025