Bahrom Almatov: “Kasallik ko‘payishda davom etsa, butun maktabni yopamiz”

Jamiyat

Avvalroq, maktablarda 3 yoki undan ortiq o‘quvchilarda koronavirus aniqlansa, o‘sha sinfning o‘zi karantinga yopilishi haqida aytilgandi. Biroq kasallik ko‘paysachi?

Agarda kasallanish ko‘paysa, o‘sha maktab to‘laligicha karantinga yopilib, o‘quv jarayonlari to‘xtatiladi va onlaynga o‘tkaziladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov QALAMPIR.UZ muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Albatta bitta emas, bir nechta sinflarda koronavirus aniqlansa, ularni karantinga yopish mumkin. Agarda kasallik butun maktabni qamrab olsa, butun bir smenani yoki butun boshli maktabni karantinga yopamiz. Maktabdagi darslar yana onlayn holatga o‘tadi”, dedi Bahrom Almatov.

Agentlik mas’ulining so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar dars jarayonida tibbiy niqobda bo‘lishlari, bir niqobdan foydalanish davomiyligi esa 3 soatdan oshmasligi shart. Hamda dars soatlari 45 daqiqadan 30 daqiqaga qisqartiladi.

Ma’lumot uchun, mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari joriy yilning 14 sentyabridan ochilishi kutilmoqda. Maktablarda dezinfeksion tonnellar o‘rnatilmaydi.

Shuningdek, maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari uch smenada o‘tkazilishi taklif qilingan. Maktablarda hech bir tadbir o‘tkazilmaydi.

Ahrorbek Hayrullayev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab Bahrom Almatov

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing