Ozarbayjonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi 

Jamiyat

image

Ozarbayjonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kirish uchun qo‘yilgan talablardan ogoh bo‘lishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Baku shahridagi elchixonasi xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtab qarori bilan ushbu davlatdagi maxsus karantin rejimi 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ozarbayjon Respublikasi hududiga kirishi uchun pasport turidan (xorijiy, diplomatik) qat’i nazar, o‘zlari bilan birga quyidagilarni olishlari kerak: 

- Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabning maxsus ruxsatnomasi. Ushbu ruxsatnomani rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rov belgilangan tartibda qabul qiluvchi tomon tarafidan oldindan, ya’ni Ozarbayjonga jo‘nab ketishdan 14 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda tezkor shtabga jo‘natilishi zarur; 

– Ozarbayjonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Davlat chegara xizmatining tegishli ro‘yxatlarga o‘z vaqtida kiritilishni ta’minlanmasligi mumkin; 

- Ozarbayjonga jo‘nashdan oldin so‘nggi 72 soat mobaynida olingan COVID-19 aniqlash uchun PZR-testining salbiy javobi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma. Chegarada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha tekshiruvlardan va aeroportda rasmiyatchiliklardan aylanib o‘tish imkonini beruvchi QR-kod bo‘lgani ma’qul (QR-kodi mavjud bo‘lmagan ma’lumotnomalar egalari Baku shahrining aeroportida batafsil tekshiruvdan o‘tadi); 

- COVID-19 pasportlarining turlaridan biri: “COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma” (fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning kamida ikki dozasini olgandan keyin O‘zbekistonning vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat) yoki “COVID-19 immuniteti guvohnomasi” (fuqaroda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi va uning qonida antijismlar mavjudligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat. Ushbu hujjat Ozarbayjonga kirishdan kamida 6 oy oldin berilgan bo‘lishi kerak). 

Ta’kidlanishicha, sanab o‘tilgan hujjatlar fuqaro yonida bo‘lmagan taqdirda, ijtimoiy mavqei, davlat idoralarida va tijorat tuzilmalarida egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, ularga Ozarbayjonga kirish taqiqlanadi va kelgan davlatiga qaytariladi. 

Avvalroq, TIV AQSHga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ozarbayjon

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing