Ozarbayjonda “Sputnik” faoliyati ham to‘xtatildi

Olam

image

“Russia Today” media guruhining Ozarbayjondagi vakolatxonasi (Sputnik Ozarbayjon) o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda “Report” axborot agentligining so‘roviga javoban ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi Ozarbayjonda faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha ma’lumotga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon hukumati BBC Ozarbayjon xizmatining Bakudagi ofisini yopishni talab qilgandi. BBC jurnalistlari vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar Bakudagi faoliyatini to‘xtatgan, biroq BBC ozarbayjon tilida xabar berishni davom ettirish niyatidaligini bildirgan. BBCʼga ko‘ra, kompaniya Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining og‘zaki buyrug‘idan so‘ng ofisni vaqtincha yopish bo‘yicha “majburiy qaror” qabul qilgan. Bir qator mediakorporatsiya vakillari ushbu qarorni “matbuot erkinligini cheklash”, deya baholagan. Shuningdek, mamlakatda oldinroq Amerika xalqaro taraqqiyot agentligi USAID ofisi, shuningdek, Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” tashkiloti yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

akkreditatsiya Sputnik Ozarbayjon Oyxon Hojizoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing