“Tolibon” jurnalistlarni to‘liq akkreditatsiyadan o‘tkazishni rejalashtiryapti

Olam

image

“Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘onistonda jurnalistlarni to‘liq akkreditatsiyadan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon”ning Axborot vazirligi rahbari Xayrulloh Xayrxoh so‘nggi yig‘ilishida barcha afg‘on jurnalistlari departamentning ma’lumotlar bazasiga kiritilib, tegishli sertifikatlar olishga qaror qilgan.

Keltirilishicha, mamlakatda Axborot vazirligi jurnalistika sohasini yagona tartibga soluvchi organ hisoblanadi. Boshqa idoralar vazirlikni chetlab o‘tib, uning ishlariga aralashish huquqiga ega emas. Shu sababli mamlakatdagi ommaviy axborot vositalariga tegishli barcha masalalarni Axborot vazirligi hal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyida “Tolibon” muvaqqat hukumati tarafdorlari Qobuldagi ayollar namoyishlarini yoritgan uch jurnalistni hibsga olgan edi. Shuningdek, harakat Afg‘onistonda ayollarning televideniyeda faoliyat ko‘rsatishini taqiqlamoqchi  bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon akkreditatsiya jurnalistlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing