Ozarbayjonda Londondagi radikal hodisa ortidan jinoyat ishi ochildi

Olam

image

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Londondagi respublika elchixonasi binosiga diniy radikallar tomonidan uyushtirilgan hujum fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

“Xalqaro himoyaga ega bo‘lgan shaxslar yoki tashkilotlarga nisbatan huquqbuzarlik”, “O‘zganing mulkini qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, ko‘p miqdorda zarar yetkazish”, “Ozarbayjon Respublikasining davlat bayrog‘iga yoki davlat gerbiga tajovuzkor harakatlar sodir etish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari Bosh prokuratura huzuridagi Tergov departamentiga topshirildi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, Baku Britaniya huquq-tartibot idoralari xodimlariga ishni tekshirish uchun huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan. 

Ma’lumot uchun, 4 avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi radikal diniy guruh hujumiga uchradi. Shaxsi noma’lum bir necha kishi elchixonaga bostirib kirib, bino ayvonida diniy bayroqlarni ochib, radikal shiorlarni aytgan. Mahalliy politsiya aralashuvi bilan vandalizm to‘xtatilgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Hodisa oqibatida elchixona xodimlari jabrlanmagan. Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaga Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik vakolatxonalar binolari xavfsizligini ta’minlash zarurligi to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Bakudagi muvaqqat ishlar vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Hujum munosabati bilan unga keskin norozilik bildirildi. 

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, britaniyalik diplomatga ushbu provokatsiya “diplomatik missiya xavfsizligini ta’minlash muammosini jiddiy ravishda ochib bergani va qabul qiluvchi davlat xalqaro huquqiy majburiyatlariga muvofiq xavfsizlik choralarini ko‘rishi kerakligi” aytilgan.  

Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumga rasmiy Toshkent ham munosabat bildirib, bunday harakatlarni qoraladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing