Ozarbayjonda koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi
Jamiyat
−
13 mart 2020
8572Ozarbayjonda koronavirusdan birinchi o‘lim qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati tomonidan tuzilgan maxsus shtab ma’lum qildi.
“1969 yilda tug‘ilgan Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan ayol Eronda davolanish kursidan o‘tib qaytdi. Unda surunkali muammolar aniqlanigani uchun shifoxonaga yotqizilgandi. Tekshiruv natijasida koronavirus ham yuqtirgani aniqlandi”, deyiladi shtab xabarida.
Uni davolashga bo‘lgan urinish besamar bo‘lgan. Negaki, surunkali kasalliklar sabab uning qator ichki a’zolari ishlamay qolgan. U bilan aloqada bo‘lgan qarindoshlari va boshqalar karantinga olingan.
Ozarbayjonda koronavirus aniqlangan 3 kishi davolanib, uyiga javob berilgan. Ayni vaqtda11 kishi Ozarbayjonda koronavirusdan davolanyapti. Ularning 9 nafari Ozarbayjon, biri Rossiya va yana biri Germaniya fuqarosi.
Avvalroq, Kanada Bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Bosh vazi Tryudoning o‘zi ham karantinga olingan.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli uni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi. Bu virus bir emas, bir nechta davlatlarni to‘laqonli qamrab olganda e’lon qilinadigan holat hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 127 davlatga kirib bordi.
Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi