Kanada Bosh vaziri karantinga olindi. Uning rafiqasida koronavirus aniqlandi
Olam
−
13 mart 2020
8410Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi Greguar-Tryudo COVID-19 koronavirusiga chalindi. Bu haqda “AP News” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, siyosatchining rafiqasi joriy yilning 11 mart kuni Londondan kelgan. Shundan so‘ng unda shamollash alomatlari sezila boshlagan. Sofi Greguar-Tryudo garchi o‘zini yaxshi his etayotgan bo‘lsada, ammo baribir izolyatsiya qilingan.
Ushbu voqeaga qadar, Bosh vazir Tryudo va uning rafiqasi karantinga olingan edi. Bosh vazirning o‘zida kasallik alomatlari sezilmagan.
Ayni damda Kanadada 118 nafar odam koronavirusga chalingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 135 801 nafardan oshdi. 4974 kishi undan vafot etdi. 70 352 nafar bemor shifo topdi.
LiveBarchasi