Mashhur aktyor Tom Xenks va rafiqasi koronavirusga chalindi
Madaniyat-san’at
−
12 mart 2020
12295Amerikalik aktyor Tom Xenks o‘zi va turmush o‘rtog‘i Rita Uilson koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
“Salom, do‘stlar. Rita va men hozir Avstraliyadamiz. Biz o‘zimizni toliqqan, shamollagandek his qildik va tanamizda ham og‘riq paydo bo‘ldi. Rita vaqti-vaqti bilan titrab qola boshladi. Dunyodagi ayni vaqtdagi vaziyatdan kelib chiqib hammasini to‘g‘ri qilish uchun biz koronavirusga tekshirtirdik va natija ijobiy chiqdi”, degan aktyor Twitter`dagi sahifasida.
Tom Xenks “Forest Gamp”, “Surgun”, “Gudzondagi mo‘jiza” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish.
2016 yilda AQSH Prezidenti Baraka Obama Xenksni Prezidentning ozodlik medali bilan taqdirlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq holatni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi.
12 mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar dunyo bo‘ylab 126 300 kishini tashkil etmoqda. Ushbu virusdan vafot etganlar esa 4633 nafarga yetdi. 68 285 kishi esa xastalikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi