Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi

Olam

image

Ozarbiyjon Mudofaa vazirligi bugun,16 iyul kuni Armaniston bilan chegaradagi hududlarda keskinlik saqlanib turganini va janglar qayta boshlanganini ma’lum qildi.

“16 iyul ertalabdan Armaniston Qurolli kuchlari Ozarbayjon armiyasining Tovuz tumani hududidagi chegara pozitsiyasiga hjum qilishga urindi”, deyiladi xabarda.

Mudofaa idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Agdam, Dondar Qushchu va Vohidli qishloqlari yirik kalibrli qurol va minomyotdan o‘qq tutilgan. Tinch aholi orasida hech kim jabrlanmagan.

“Ayni vaqtda shu yo‘nalishda janglar davom etyapti. Vaziyat Ozarbayjon armiyasi nazoratida”, deya ta’kidlangan vazirlik xabarida.

O‘z navbatida Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiy bo‘linmalari qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirishga uringani va Aygepar va Movses qishloqlarini o‘qqa tutganini aytdi.

“Taxminan soat 3:40 da arman qurolli kuchlari dushmanning bostirib kirishga urinishini bartaraf qildi. Jangdan keyin yo‘qotishlarga uchragan dushman uloqtirib tashlandi. Keyin Ozarbayjon harbiylari D-30 artilleriyasidan Aygepar va Movses qishloqlariga hujum qila boshladi. O‘t ochish hamon davom etyapti”, degan Armaniston Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Shushan Stepanyan.

Ma’lumot uchun, ikki davlatning shimoliy chegaralarida vaziyat 12 iyul kuni keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Hozirgacha rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarali haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing