Ozarbayjon urush sabab qiynalayotgan Yevropaning og‘irini yengil qilmoqchi
Olam
−
12 mart 2022
16961Ozarbayjon qo‘shni davlatlarga gaz yetkazib berishga, shuningdek Yevropani ham gaz bilan ta’minlashga tayyor. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbozov ma’lum qildi.
"Agar kerak bo‘lsa, Turkiyaga qilganimiz kabi qo‘shni davlatlarga ham gaz yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyormiz. Shuningdek, Yevropaga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun reja tuzib chiqishimiz zarur", degan Shahbozov “Antaliya diplomatik forumi”dagi nutqi chog‘ida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Yevropani ta’minlash uchun yetarli miqdorda gaz zaxirasiga ega.
“Ozarbayjon bugungi kunda gaz ishlab chiqaradi, sotadi hamda eksport imkoniyatlarini oshiradi. Bizda ma’lum sharoitlarda, yaqin 100 yilda foydalanish mumkin bo‘lgan gaz zaxiralarimiz mavjud. Yevropaga ham gaz yetkazib berish uchun zaxiralarimiz bor", deydi Energetika vaziri.
Aytish joizki, joriy yiylning fevral oyi boshida AQSH Ukraina bilan bo‘ladigan urush natijasida Rossiya gaz eksportini to‘xtatsa, Yevropaga gazni Qatardan import qilishda vositachilik qilishini bildirgandi.
Rossiya-Ukraina urushi fonida Yevropada gaz narxi kundan-kunga oshib borayotgandi. Joriy yilning 7 martiga kelib, 1000 kub metr uchun 3000 dollardan oshib, tarixiy rekordni yangiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropada savdolar vaqtida gaz narxi 1 000 kub metr uchun 1 308 dollargacha tushgan.
LiveBarchasi