Ozarbayjon sudi Rossiya fuqarolarini qamoqqa oldi

Olam

image

Ozarbayjonning Boku shahri sudi Rossiyaning sakkiz nafar fuqarosiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sofronov, Drachev, Bezugliy va Dulov har biri 4 yildan qamoq jazosiga hukm qilingan. Fyodorov, Timoshov, Vasilchenko va yana bir Bezugliy esa 3 yildan ozodlikdan mahrum etilgan.

Ular “Erondan narkotiklarni tranzit qilish va tarqatish” hamda “kibermoshenniklik” ayblovlari bo‘yicha sudlangan.

Himoya tomoni va qarindoshlarining aytishicha, ayblanuvchilar bosim ostida guvohlik berishga majbur qilingan va sud qarori ustidan shikoyat qilish masalasi hozircha aniq emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni aprel oyidan buyon davom etgan. Ilgari ham bir qator rossiyaliklarga nisbatan shu kabi ishlar bo‘yicha hukmlar chiqarilgan.

Qayd etish joiz, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda bir qator diplomatik keskinliklar, jumladan Yekaterinburgdagi hibslar va AZAL samolyoti bilan bog‘liq fojia ortidan yanada taranglashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga birgalikda qurol ishlab chiqarishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing