Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning iyun oyida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ilhom Aliyevning tashrifi munosabati bilan iyun oyida O‘zbekistondagi vakolatli organlar tomonidan oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“Ko‘rgazmaga O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining tashrifi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, bu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning oxirgi 11 yillikda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi. Aliyev oxirgi marta O‘zbekistonga 2010 yil 27 sentyabrda tashrif buyurgan.

Qoldirilgan tashrif

2021 yilda Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrif buyurishi aytilgandi. Biroq bu tashrif amalga oshmadi.

Qolaversa, 2020 yilning 15-16 aprel kunlari ham Ilhom Aliyev mamlakat vitse-prezidenti – Birinchi xonim Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejelashtirilgandi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekistonga tashrif keyinga qoldirildi. Prezident Ilhom Aliyev tashrif epidemiologik vaziyat imkon bergan zahoti amalga oshishini ta’kidlagandi.

2020 yilning aprel oyida Toshkent shahri Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasida ozar xalqining umummilliy lideri, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti Haydar Aliyev nomidagi umumiy maydoni 0,51 gektar bo‘lgan bog‘ barpo etilayotgani xabar qilingan. Bog‘ni ikki davlat Prezidentlari ochib berishi rejalashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev ilhom Aliev

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing