Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolaydi
Olam
−
19 Oktabr
2536Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston 29-Tomonlar Konferensiyasi (COP29) doirasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzolaydi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbozov 18 oktyabr kuni rasmiy matbuotda e’lon qilingan maqolasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Parviz Shahbozov Bokudagi bosh qarorgoh bilan qo‘shma korxona yaratish hamda Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolash kerakligini ta’kidlagan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hujjatda Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab va boshqa davlatlar hududida Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistondan Yevropaga yashil energiya yetkazib berish uchun yuqori voltli kabel yotqizish orqali uch mamlakatning energiya tizimlarini ulash imkoniyati o‘rganilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, shartnoma loyihasi tomonlarning Yevropaga va boshqa mintaqalarga sifatli energiya etkazib berish, yangi texnologiyalarni qo‘llash, energiya samaradorligini oshirish va energiya tejashni yaxshilash xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning may oyida Toshkent xalqaro sarmoyaviy forumi doirasida Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston energetika vazirlari uch respublikaning energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi