Ozarbayjon Qorabog‘dagi janglarga chaqirilgan harbiylarni qaytarib yuboradi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 25 dekabridan 2021 yil 15 aprelgacha Qorabog‘dagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq chaqirilgan harbiy xizmatchilar bosqichma-bosqich demobilizatsiya qilinishini ma’lum qildi. Davlat rahbarining tegishli buyrug‘i bugun 25 dekabr kuni uning veb-saytida e’lon qilindi.

“Joriy yil 25 dekabrdan 2021 yil 15 aprelgacha Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 sentyabrdagi buyrug‘i asosida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarni bosqichma-bosqich safdan chiqarish kerak”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing