Ozarbayjon besh nafar harbiyni Armanistonga topshirdi

Olam

image

Ozarbayjon Vengriya vositachiligida joriy yilning 16 noyabr kuni ikki davlat chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda qo‘lga olingan besh nafar arman harbiysini Armanistonga topshirdi. Bu haqda Respublika harbiy asirlar, garovga olinganlar va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha davlat komissiyasi ma’lum qildi.  

“Ozarbayjon insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda 2021 yilning 29 dekabrida Vengriya vositachiligida armanistonlik besh nafar harbiy xizmatchini arman tomoniga o‘tkazdi”, deyiladi xabarda. 

Davlat komissiyasining aniqlik kiritishicha, “qaytarilgan harbiy xizmatchilar 2021 yil 16 noyabr kuni davlat chegarasining Kalbajar yo‘nalishida Armaniston Qurolli Kuchlarining provokatsiyasini bostirish vaqtida qo‘lga olingan”.

4 va 19 dekabr kunlari Ozarbayjon Armanistonga 20 nafar arman harbiysini topshirdi, ular ham 16 noyabr kuni ikki davlat chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda qo‘lga olingan edi. O‘shanda jarayon mos ravishda Rossiya va Yevropa Ittifoqi vositachiligida amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, 29 dekabr kuni Baku yo‘ldan adashib, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari nazorati ostidagi hududga o‘tib ketgan fuqaroni arman tomoniga topshirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 16 noyabr kuni Armanistonning Syunik viloyati chegaradosh hududlarida Armaniston va Ozarbayjon Qurolli Kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. Yerevan Ozarbayjon harbiylari Armaniston hududiga chuqur hujum uyushtirganini bildirdi. 

Respublika poytaxtini mamlakatning janubiy viloyatlari va Eron bilan bog‘lovchi davlat avtomobil yo‘li xavf ostida edi. Baku voqeada Armanistonni ayblab, arman Qurolli Quchlarini provokatsiyada aybladi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, arman harbiylari Ozarbayjon harbiylari postlariga hujum qilgan. 

Ushbu voqealar munosabati bilan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘z navbatida armaniston va ozarbayjonlik hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shundan so‘ng Ozarbayjon va Armaniston Mudofaa vazirlari chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rgani va vaziyat normal holatga qaytgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing