Ozarbayjon Armanistonni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Armaniston bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha onlayn diplomatiyani samarasiz deb hisobladi va Yerevanni muzokaralar stoliga qaytishga taklif qildi. 

“Endi bizda yuzma-yuz uchrashuvlar kelishilgan formatdan chiqib ketishi bilan bog‘liq element bor. Lekin jarayonni to‘liq o‘ldirmaslik uchun Ozarbayjon tomoni sharhlarni qabul qilish va yuborishdan bosh tortmaydi, men aytgan narsa onlayn diplomatiya. Ya’ni, u shunchaki sharhlarni yo‘naltiradi. Tinchlik shartnomasi loyihasini muhokama qilishda biz buni eng samarali muloqot usuli deb hisoblaymizmi? Menimcha, yo‘q”, deydi u bugun, 28 fevral kuni rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan Bakuda o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. 

Bayramovning ta’kidlashicha, so‘nggi olti oy davomida muzokaralarda hech qanday muvaffaqiyat bo‘lmadi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi.  

“Biroz oldinga siljish bor. Lekin agar biz ko‘proq natijaga yo‘naltirilgan bo‘lsak, turli noxush kutilmagan hodisalarga kamroq duch kelsak, yaxshi natijaga erishgan bo‘lardik. Va o‘ylaymanki, Armaniston tomoni nihoyat hozirgi vaziyatga bunday yondashuvning noo‘rinligini tushunib, muzokaralar stoliga qaytadi. Ozarbayjon tomoni bunga tayyor”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Armaniston o‘z pozitsiyasini qanchalik tez o‘zgartirsa va muzokaralar stoliga qaytsa, bu normallashtirish jarayoni uchun shunchalik foydali bo‘ladi. 

Bayramov, shuningdek, Ozarbayjon muqobil bo‘lmagan tinchlik dasturiga rioya qilishini va Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish uchun o‘zaro maqbul yechimlarni izlashda davom etishini ta’kidladi. 

“Barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz tinchlik kun tartibiga muqobil yo‘l yo‘qligi, uch tomonlama bayonotlar, shuningdek, so‘nggi ikki yildan ortiq vaqt davomida qabul qilingan keyingi hujjatlar mazmuni va ruhiga qat’iy rioya qilish pozitsiyasiga sodiqmiz. Bu tamoyillar tomonlar o‘tgan yilning oktyabr oyida Praga va Sochidagi uchrashuvlarda yana bir bor tasdiqlagan va davlatlar hududiy yaxlitligi va suverenitetini o‘zaro tan olishni nazarda tutgan xalqaro huquq tamoyillariga asoslanishi kerak. Ushbu yondashuvlardan kelib chiqib, o‘zaro maqbul yechimlarni topishda davom etamiz va mintaqada barqaror tinchlik va farovonlikka erishamiz”, deydi u.

O‘z navbatida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Moskva Janubiy Kavkazda “zarar qilma” tamoyiliga amal qiladi, biroq mintaqadagi barcha o‘yinchilar ham bunday yondashuvni qo‘llamaydi. 

“Biz “zarar qilma” deb ta’riflash mumkin bo‘lgan tamoyilga, eng muhimi esa, birinchi navbatda, uch davlat rahbarlarining kelishuv doirasidagi prinsipial kelishuvlariga asoslanadigan barcha yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga ko‘maklashish tamoyiliga amal qilamiz”, deydi Lavrov. 

Eslatib o‘tamiz, Lavrov kecha, 27 fevral kuni Ozarbayjon poytaxti Bakuga kelib, Prezident Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi. 

Qorabog‘ urushi 

2020 yil 14 iyul kuni Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ro‘y bergan to‘qnashuvda Ozarbayjon armiyasining bir general-mayori boshliq 7 nafar askarning shahid bo‘lishi Qorabog‘ning ozod qilinishiga olib kelgan operatsiyaning boshlanishi bo‘ldi. 27 sentyabr kuni Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ yaqinidagi tinch aholi punktlariga o‘t ochdi, Ozarbayjon o‘z yerlarini ishg‘oldan ozod qilish uchun “Qasos” qarshi hujumini boshladi, natijada bosib olingan yerlar birin-ketin ozod qilindi. 

2020 yilning 9 noyabridan 10 noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi.

44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi mamlakatning 5 shahri, 4 ta posyolka va 286 ta qishlog‘ini arman bosqinchilaridan ozod qildi. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining 2,9 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi o‘z ona yurtlarini ozod qilish uchun kurashda halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov Ozarbayjon-Armaniston Jayhun Bayramov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing