Ozarbayjon Armaniston tomonidan o‘qqa tutildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Qurolli Kuchlari Ozarbayjon armiyasining davlat chegarasi hududidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon pozitsiyalari Armanistonning Yuxari Shorja qishlog‘ida joylashgan pozitsiyalardan bir necha soat davomida o‘qqa tutilgan.

“Dushmanning o‘q otish nuqtalarini bostirish uchun tegishli javob choralari ko‘rildi. Ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi vaziyat barqaror va Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalari tomonidan to‘liq nazorat ostida”, deyiladi xabarda. 

O‘z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi chegaraning shimoliy yo‘nalishida Ozarbayjon pozitsiyalari o‘qqa tutilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotni dezinformatsiya deb atagan. Qayd etilishicha, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida vaziyat nisbatan barqaror va u Armaniston Qurolli Kuchlari nazorati ostida. 

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 5 dan 6 fevralga o‘tar kechasi qurollangan arman guruhi Ozarbayjon harbiylarini o‘qqa tutgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing