Ozarbayjon harbiy xarajatlarini oshirdi
Olam
−
30 may 2023
33342023 yilda Ozarbayjon hukumati mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlikni mustahkamlash uchun byudjetdan 1,1 milliard manatdan (650 million dollar) ortiq mablag‘ ajratadi. Bu haqda bugun, 30 may kuni respublika Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mamlakat mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini mustahkamlash uchun qo‘shimcha 1,11 milliard manat, jumladan, maxsus loyihalar va mudofaa tadbirlari uchun 1 milliard manat (588 million dollar) ajratish rejalashtirilgan”, deyiladi vazirlik saytida.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harajatlar o‘sishidan so‘ng maxsus loyihalar va mudofaa tadbirlariga sarflanadigan mablag‘ 3,07 milliard manatni (1,81 milliard dollar) tashkil etadi.
Shuningdek, Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurni rekonstruksiya qilish xarajatlarini 2,26 milliard manatdan (1,3 milliard dollar) 5,26 milliard manatgacha (3,1 milliard dollar) oshirish rejalashtirilgan.
Ozarbayjon parlamenti tomonidan 2022 yil oxirida qabul qilingan 2023 yil uchun mamlakat byudjetida mudofaa va xavfsizlik uchun 5,3 milliard manat (3,1 milliard dollar) va Qorabog‘dagi hududlarni tiklash uchun 3 milliard manat (taxminan 1,8 milliard dollar) miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 25 may kuni Armaniston Bosh vaziri Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Yerevan va Baku bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishib olganini tasdiqlagandi. Shu kuni, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Oldinroq, 22 mayda esa u Qorabog‘ni o‘z ichiga olgan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olishini aytgan. Shu oy o‘rtalarida esa Pashinyan Bryusselda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida ham Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralardan so‘ng Mishel Baku va Yerevan temir yo‘l aloqasini tiklash masalasi bo‘yicha kelishuvga yaqin turganini e’lon qildi.
LiveBarchasi